» » Vladimir Putin AQSh sanksiyalarini Rossiyani Yevropa bozorlaridan siqib chiqarishga urinish deb baholadi

Vladimir Putin AQSh sanksiyalarini Rossiyani Yevropa bozorlaridan siqib chiqarishga urinish deb baholadi


“Valday” xalqaro bahs klubining plenar yig‘ilishida qilgan chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh tomonidan joriy etilgan sanksion choralar Rossiyani Yevropa bozorlaridan siqib chiqarishga urinish ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Sanksion paket… ochiqchasiga Rossiyani Yevropa energiya tashuvchilar bozoridan siqib chiqarishga, Yevropani AQShning qimmatroq suyultirilgan gaziga o‘tishga majbur etishga qaratilgan”, — dedi Kreml rahbari.

Putinning so‘zlariga qaraganda, “ayrimlar hatto siyosiy bahonalardan o‘z tijoriy manfaatlari yo‘lida foydalanayotganini yashirib o‘tirmaydi”.

“Biz siyosat iqtisodiy, bozor munosabatlariga qo‘pol tarzda aralashayotganiga ko‘p guvoh bo‘lmoqdamiz, vaholanki, ular yaqindagina bu imkonsizligini, samarasizligini va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytayotgan edi”, — qo‘shimcha qildi Putin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют