» » Afg‘onistonda “Tolibon” hujumida 11 politsiyachi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda “Tolibon” hujumida 11 politsiyachi halok bo‘ldi


“Tolibon” radikal harakati jangarilari amalga oshirgan hujumlar chog‘ida Afg‘onistonning 11 nafar politsiyachisi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Aytilishicha, hujum 18-oktabr oqshomida Nimroz viloyatidagi Zaranj – Dilorom trassasida ro‘y bergan. Toliblar xavfsizlik punktiga uyushtirgan hujum oqibatida besh politsiyachi halok bo‘ldi, uch nafari yaralandi.

Ikkinchi hujum Farax viloyatida ro‘y berdi. Jangarilar politsiya idorasiga hujum uyushtirdi.

Bu yerda olti politsiyachi halok bo‘ldi, bir nafari yaralandi.

Otishma chog‘ida, shuningdek, olti jangari yo‘q qilindi, sakkiz nafari yaralandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют