» » “Xayrlashuv reysi”: Germaniyalik uchuvchi xavfli manyovr bajarib, yo‘lovchilarni qo‘rqitib yubordi (video)

“Xayrlashuv reysi”: Germaniyalik uchuvchi xavfli manyovr bajarib, yo‘lovchilarni qo‘rqitib yubordi (video)


Air Berlin aviakompaniyasining yo‘lovchi layneri Dyusseldorf aeroporti binosi bilan to‘qnashishiga bir baxya qoldi. Voqea aks etgan video YouTube’da e’lon qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Videoda samolyot past balandlikda terminal ustidan uchib o‘tishi ko‘rsatilgan, bunda uchish-qo‘nish tasmasi havo kemasi ortida qolib ketadi.

Sputnik Deutschland xabariga ko‘ra, xavfli manyovrni Mayami – Dyusseldorf reysini amalga oshirayotgan Airbus A330 ning birinchi uchuvchisi bajargan. Bir muddat oldin u kompaniya bankrotligi tufayli ishdan bo‘shatilganidan xabar topgan.

“Biz barcha bilan munosib xayrlashishni istagan edik”, — dedi kema komandiri.

O‘z navbatida, ushbu manyovrdan yo‘lovchilar cho‘chib ketgani xabar qilinmoqda. Aeroport tashrifchilari ham turli nashrlarga bergan intervyusida qo‘rqib ketganini tan oldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют