» » Avstriyada yonib ketgan Tesla Model’ni o‘chirish uchun 5 ta maxsus mashina va 35 nafat o‘t o‘chiruvchi jalb qilindi (foto va video)

Avstriyada yonib ketgan Tesla Model’ni o‘chirish uchun 5 ta maxsus mashina va 35 nafat o‘t o‘chiruvchi jalb qilindi (foto va video)


Avstriyaning Landekk shahri yaqinida 19 yoshli qiz boshqaruvidagi yuqori tezlikda ketayotgan Tesla Model beton to‘siqqa urildi. Hududning o‘t o‘chirish bo‘linmasi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, qiz yengil jarohat olgan va avtomobil yonib ketishidan oldin undan chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Elektrokarni o‘chirish uchun beshta maxsus mashina va 35 nafar qutqaruvchidan iborat jamoa yo‘lga chiqqan. O‘t o‘chirish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar nafas olish a’zolarining jiddiy himoya vositalari bilan qurollangan va bu kabi vaziyatlar uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.

Tesla tomonidan taqdim etilgan qo‘llanmaga ko‘ra, elektr avtomobillarda yong‘in chiqqan taqdirda uning batareyalarini sovutish uchun olovni ko‘p miqdordagi suv bilan o‘chirish kerak. Batareyalar toksik gazlar ajratib chiqaradi, shuning uchun o‘t o‘chiruvchilarning mustaqil nafas olish apparatlarisiz yong‘inni o‘chirishi mumkin emas.

Qutqaruvchilar kompaniyaning yana bir qoidasiga amal qilgan holda maxsus arra bilan avtomobil orqa eshigining bir qismini kesib tashladi va ochilgan joydan yuqori kuchlanishli tizimni hamda xavfsizlik yostiqchalarini o‘chirdi.

Olov o‘chirilganidan so‘ng o‘t o‘chirish brigadasi akkumulyatorning butun qolgan qismi qaytadan yonib ketmasligiga ishonch hosil qilish uchun elektrokarni 48 soatli  karantinga joylashtirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют