» » AQSh Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarishda O‘zbekistonni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

AQSh Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarishda O‘zbekistonni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov boshchiligidagi delegatsiya 18-oktabr kuni Vashington shahriga tashrifi doirasida AQSh Milliy xavfsizlik kengashida va Davlat departamentida uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va mintaqaviy xavfsizlik sohalarida O‘zbekiston—AQSh hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda AQSh tomoni Samarqand shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyasida AQSh yuqori darajada ishtirok etishini ta’kidladi.

AQSh ma’muriyati vakillari O‘zbekistonda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda ko‘rilayotgan qat’iy chora-tadbirlarni ijobiy baholadi.

AQSh tomoni kelgusi yillarga mo‘ljallangan rivojlanish Strategiyasining maqsad va vazifalariga erishish uchun O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют