» » Putindan tobut olib berishni so‘ragan Baykalorti fuqarosiga pensiyasining yarmi qaytariladi

Putindan tobut olib berishni so‘ragan Baykalorti fuqarosiga pensiyasining yarmi qaytariladi


Sud ijrochilari Rossiya prezidenti Vladimir Putindan unga tobut sotib olib berishni so‘ragan Baykalorti o‘lkasida yashovchi Anatoliy Vertipraxovga pensiyasining yarmini qaytarib beradi, uning hisob varaqasiga qo‘yilgan xatlovni bekor qiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Sud ijrochilari federal xizmati ma’lum qilishicha, Olovyanninskiy tumanidagi bo‘limda haqiqatan ham Vertipraxov va uning turmush o‘rtog‘i Lyudmiladan kommunal xizmatlar bo‘yicha 9 ming rubldan ortiq miqdorda qarzdorlikni undirib olish haqidagi ishlar ochilgan.

Mablag‘ni bank hisob varaqasidan 11-oktabr kuni yechib olishgan, ammo boshqarmadagilar ta’kidlashicha, sud ijrochilari bu keksalikda beriladigan pensiya ekanligini bilmagan. Vertipraxovning o‘zi, ularning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda bir haftadan keyin aytib bergan.

Eslatib o‘tamiz, sud ijrochilari hisobidagi butun pensiyani olib qo‘ygach, Baykalortida yashovchi pensioner Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xat yozib, “bu mamlakatda yashash imkonsiz”ligi tufayli, unga tobut sotib olib berishni so‘ragan va hatto bulka non sotib olish uchun ham puli yo‘qligini aytgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют