» » Andijonda qashqadaryolik fuqarodan 20 mln so‘mlik tarvuz olib, pulini bermagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Andijonda qashqadaryolik fuqarodan 20 mln so‘mlik tarvuz olib, pulini bermagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shaharchasida yashovchi fuqaro ariza bilan Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning iyun oyida Paxtaobod tumanida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan K.D. va Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan K.M. undan Toshkent “Qo‘yliq” dehqon bozorida 20 million so‘mlik tarvuzlarni olgan.

Ular tarvuzlarni Andijon tumaniga sotish uchun olib ketgan, tarvuz uchun pullarni esa to‘rt kun ichida berishini aytgan, biroq pul shu kunga qadar ham berilmagan.

“Hozirgi kunda K.D. va K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan”, — deyiladi IIV axborotida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют