» » O‘zbekiston Fuqarolik protsessual kodeksining tuzilishi Germaniya va Fransiya tajribasi asosida o‘zgartirildi

O‘zbekiston Fuqarolik protsessual kodeksining tuzilishi Germaniya va Fransiya tajribasi asosida o‘zgartirildi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar yangilangan Fuqarolik protsessual kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

“O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish davomida deputatlar Fuqarolik protsessual kodeksining tuzilishi o‘zgartirilganligini qayd etdi.

Mavzuga doir: Oliy Majlis deputatlari Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodekslari to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi

Xabar berishlaricha, ushbu qonun loyihasi joriy yil 12-aprelda qabul qilingan “‘Sudlar to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy sud tomonidan tayyorlangan.

Qayd etishlaricha, mazkur kodeks loyihasi yanada qulay shaklda va mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan. Mavjud huquqiy kamchiliklarni to‘ldirish maqsadida fuqarolik sud ishlarini yuritishning protsessual qoidalari ancha batafsil tartibga solingan.

Fuqarolik protsessual kodeksini tayyorlash jarayonida xorijiy davlatlarning, xususan, Germaniya, Fransiyaning va bir qator MDH mamlakatlarining fuqarolik protsessual qonun hujjatlari o‘rganib chiqildi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, loyihada protest keltirish to‘g‘risidagi arizalarni nazorat tartibida ko‘rib chiqishning yangi tartibi nazarda tutilgan.

Unga muvofiq bunday arizani qabul qilish yoki uni nazorat tartibida ko‘rib chiqishni rad etish sudyaning ajrimi asosida hal etiladi hamda ushbu ajrimga Oliy sud raisi yoki uning o‘rinbosarlari norozilik bildirishlari mumkin. Bunday holatda ish arizani ko‘rib chiqish uchun nazorat instansiyasining sudiga o‘tkaziladi.

Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilishi nazarda tutilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kelgusida birinchi sud instansiyalarida ishni qayta-qayta ko‘rib chiqish hollarining oldini olish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, fuqarolik ishidagi taraflarning buzilgan huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlaydi.

Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют