» » Oliy Liga. Bugun start oladigan turda Toshkent yetakchilari bo‘lgan “Lokomotiv” va “Paxtakor”ga oson bo‘lmaydi

Oliy Liga. Bugun start oladigan turda Toshkent yetakchilari bo‘lgan “Lokomotiv” va “Paxtakor”ga oson bo‘lmaydi


Bugun — 20-oktabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 25-tur bellashuvlari start oladi. Mazkur tur ikki kun davomida o‘tkaziladi.

Har bir kunning 1 tadan markaziy o‘yini bor. Juma oqshomida liga peshqadami “Lokomotiv” Navoiyda “Qizilqum” mehmoni bo‘ladi. Mezbonlar shu kungacha o‘z maydonlarida 12 ta uchrashuv o‘tkazib, faqatgina 1 marta — “Buxoro”ga imkoniyatni boy bergan. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Nasaf” va “Paxtakor” Navoiyda 1:1 hisobida durang o‘ynagan, “Bunyodkor” esa 3:3 hisobiga rozi bo‘lgan.

“Lokomotiv” 1-davra “Qizilqum”ni o‘z maydonida 2:0 hisobida taslim etgandi.

Shanba oqshomida biryo‘la turning markaziy o‘yini Buxoroda bo‘lib o‘tadi. “Buxoro” va “Paxtakor” klublarini 2 ochko ajratib turgani inobatga olinsa, uchrashuv keskin o‘tishi katta ehtimol.

Ulug‘bek Baqoyev murabbiylik qilayotgan jamoa o‘z maydonida faqatgina 2 marta mag‘lub bo‘lgan. Ulardan biri “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda (1:2), ikkinchisi ligadan chetlashtirilgan “Obod”ga qarshi o‘yinda (0:1) kuzatilgan. Chempionlik uchun kurashda bo‘lgan “Nasaf” Buxoroda 0:1 hisobi bilan, “Bunyodkor” esa 2:4 hisobi bilan imkoniyatni boy bergan.

Tomonlarning Toshkentda o‘tgan 1-davra o‘yinida “paxtakorchilar” 2:1 hisobida zafar quchgan.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
25-tur bellashuvlari
20-oktabr, juma

“Olmaliq” — “Mash’al” — 16:30
“Qizilqum” — “Lokomotiv” — 17:00
“So‘g‘diyona” — “Metallurg” — 17:00
“Nasaf” — “Dinamo” — 18:00

21-oktabr, shanba
“Qo‘qon—1912” — “Navbahor” — 15:30
“Bunyodkor” — “Sho‘rtan” 17:00
“Buxoro” — “Paxtakor” — 17:00

“Obod” futbol klubi chempionat o‘yinlaridan chetlashtirilgani sabab, mazkur turda Farg‘onaning “Neftchi” klubiga avtomatik ravishda 3 ochko yoziladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют