» » AQSh Oliy sudiga Missisipi bayrog‘ini konstitutsiyaga zid deb topish to‘g‘risida da’vo kiritildi

AQSh Oliy sudiga Missisipi bayrog‘ini konstitutsiyaga zid deb topish to‘g‘risida da’vo kiritildi


AQShning Missisipi shtatida istiqomat qiluvchi afro-amerikalik huquqshunos Karlos Mur AQSh Oliy sudiga mazkur shtat bayrog‘ini konstitutsiyaga zid deb topish to‘g‘risida murojaat yo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

U bayroqda quldorlikka asoslangan Janubiy shtatlar konfederatsiyasi timsoli — 13 ta oq yulduzdan iborat ko‘k xoch saqlanib qolganiga e’tibor qaratdi.

Shtat sudlari Mur bayroq mavjudligi unga zarar yetkazayotganligini isbotlay olmagani sababli shu paytgacha ikki bor yuristning da’vosini rad etgandi. Oliy sudga shtat gubernatori Fil Braynt nomidan taqdim etgan hujjatlarda Mur bayroqdagi konfederatsiya ramzi bilan irqiy kamsitish o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘rsatib berolmagani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, 1894-yildan beri mavjud bo‘lgan shtat bayrog‘ini o‘zgartirish masalasi 2001-yilda Missisipida referendumga qo‘yilgan va o‘shanda shtat aholisini uni saqlab qolish uchun ovoz bergandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-10-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют