» » Fotogalereya: Real hayotdagi insonlar obrazini yaratgan aktyorlar

Fotogalereya: Real hayotdagi insonlar obrazini yaratgan aktyorlar


AdMe real hayotda bo‘lgan va ularning hayotini filmlarda jonlantirgan aktyorlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

2015-yilda ekran yuzini ko‘rgan The Revenant filmi qisman Xyu Glass hayotiga asoslangan. Ayiq bilan olishuvda og‘ir jarohat olgan Glassni do‘stlari o‘lishi uchun tashlab ketgan. Biroq u 300 kilometrdan ortiq masofani hech qanday suv va yeguliksiz bosib o‘tgan.

“Jeki” filmida (2016-yil) prezident Kennedining o‘limidan so‘ng, uning rafiqasi Jaklin Kennedining fojiali hayot tarzi haqida so‘z boradi.

“Che Gevara: mototsiklchining kundaligi” (2004-yil) filmida yosh Ernesto va uning do‘sti Albert Granado butun Lotin Amerikasi bo‘ylab uyushtirgan sayohati haqida so‘zlanadi.

2013-yilda Edvard Snouden AQSh milliy xavfsizlik agentligining maxfiy hujjatlarini matbuotga tarqatib yuborgani sabab dong‘i chiqqan. Shundan so‘ng u mamlakatdan qochishiga to‘g‘ri kelgan. “Snouden” (2016-yil) filmida bu voqealar birinchi shaxs tomonidan so‘zlanadi.

Hidden Figures filmi voqealari (2016-yil) NASA birinchi kosmik parvozni amalga oshirishga tayyorlangan vaqtlarda, 1960-yillarda sodir bo‘ladi. Tayyorgarlikda afro-amerikalik uch nafar matematika olimalari katta rol o‘ynagan. Biroq ular ish faoliyati davomida irqchilikka duch kelgan.

“Beshinchi hokimiyat” (2013-yil) filmi WikiLeaks loyihasi hamda uning asoschisi Julian Assanj hayotiga asoslanib ishlangan. Filmda davlat xizmatlari va yirik korporatsiyalarning maxfiy ma’lumotlari haqida so‘zlanadi.

“Dangal” filmida (2017-yil) erkin kurash bo‘yicha sobiq hind kurashchisining real hayoti haqida so‘z boradi. U butun umr o‘g‘il farzand ko‘rishni istaydi, biroq aksiga olib taqdir unga to‘rt nafar qiz beradi.

Sully filmi samolyotni uning ichidagi 155 nafar yo‘lovchiga hech qanday shikast yetkazmasdan Gudzon daryosi suvlariga qo‘ndirgan uchuvchi Chesli Sallenberger haqida.

Narcos teleserialining birinchi ikkita mavsumida (2015-yil) kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobarning hayoti haqida so‘zlanadi.

“127 soat” filmi (2010-yil) deyarli 6 kun hech qanday ovqat va suvsiz, qo‘li toshga qisilib qolgan alpinist Aron Ralston haqida.

“Uoll-strit bo‘rilari” (2013-yil) filmi Nyu-Yorklik sobiq broker Jordan Belfortning memuari asosida ishlangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют