» » Qo‘qonda Captiva olib qochgan niqobli shaxslar qo‘lga olindi

Qo‘qonda Captiva olib qochgan niqobli shaxslar qo‘lga olindi


Qo‘qon shahar IIB navbatchilik qismiga “Sunbula” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan Captiva rusumli avtomashina olib qochilgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jabrlanuvchining ta’kidlashicha, u mashinasida uyiga qaytganida 2 nafar niqobli shaxs oldiga kelib, biri qo‘lidagi to‘pponchaga o‘xshash buyum bilan qo‘rqitib, mashinaga chiqib o‘tirishini aytadi. Shu payt jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i uyidan chiqib, shovqin ko‘tarib, oila a’zolarini yordamga chaqiradi. Noma’lum shaxslar esa avtomashinani olib qochadi.

Mashina salonida jabrlanuvchiga tegishli iPhone 6 rusumli telefon apparati va 60 ming so‘mga yaqin pul ham bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu bosqinchilik jinoyatini Qo‘qon shahrida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan T.A va 1996-yilda tug‘ilgan M.A sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Ulardan jinoyat sodir etishda foydalanilgan ashyoviy dalillar olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-10-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют