» » Toshkentda bojxonachilar BAAdan kelayotgan fuqarolar tyuner orasiga 44 ta telefon yashirganini aniqladi

Toshkentda bojxonachilar BAAdan kelayotgan fuqarolar tyuner orasiga 44 ta telefon yashirganini aniqladi


“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Birlashgan Arab Amirliklaridan uchib kelgan fuqarolar Mahmud va Botir Usmonovlar (maqoladagi ism-shariflar o‘zgartirilgan) tomonidan ko‘p miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy ravishda olib kirilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda bojxona qo‘mitasining Telegram’dagi rasmiy kanali xabar bermoqda.

Xususan, Mahmud Usmonov yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, noutbuk, televizor, proyektr, Playstation o‘yin pristavkasi, tyuner, planshet, elektron qo‘l soati, smarfton kabi jami 21 dona texnika buyumlarini bojxona nazoratidan chetlab, olib kirishga uringan.

Bundan tashqari, ushbu tovarlar orasidagi ikki dona tyunerlarni ko‘zdan kechirish davomida, ularning ichiga besh turdagi 44 dona smartfonlar mohirlik bilan yashirilganligi fosh bo‘ldi.

Ashyoviy dalil tariqasida olingan yuqoridagi tovar-moddiy boyliklarning umumiy bahosi 233 million so‘mdan oshishi aniqlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-10-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют