» » Surxondaryoning Denov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryoning Denov tumaniga yangi hokim tayinlandi


20-oktabr kuni Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Denov tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.

Unda asosiy e’tibor xalq bilan muloqot qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari tahliliga qaratilib, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada so‘nggi vaqtlarda tuman aholisidan tushayotgan murojaatlar soni ko‘payganini, muammo va masalalarni hal etishga e’tiborsizlik bilan qaralib, ularning 85 foiziga faqatgina tushuntirishlar berilgani, tumanda obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni talab darajasida emasligi, uy-joy fondida ko‘plab muammolar yuzaga kelayotgani, tabiiy gaz va elektr energiyasidan qarzdorlikning oshib borayotgani hamda eksport parametrlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar past darajada ekanini alohida ta’kidlandi.

Bu borada ishni tizimli tashkil eta olmagani bois tuman hokimi Bahrom Mamatqulov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, tuman faollari, keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, tuman hokimi lavozimiga Ulug‘bek Qosimov nomzodi bir ovozdan tasdiqlandi.

U.Qosimov mutaxassisligi bo‘yicha yurist, shu kunga qadar Muzrabot tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 15:30)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют