» » Mercedes-Benz eng qudratli yo‘ltanmasni ishlab chiqarish to‘xtatilishi sharafiga uning so‘nggi maxsus versiyasini taqdim etdi

Mercedes-Benz eng qudratli yo‘ltanmasni ishlab chiqarish to‘xtatilishi sharafiga uning so‘nggi maxsus versiyasini taqdim etdi


Mercedes-Benz kompaniyasi maxsus yo‘ltanlamas Mercedes-AMG G 65 AMG — Final Edition so‘nggi versiyasini taqdim etdi. Alohida modifitkatsiyaga ega model eng qudratli yo‘ltanlamasni ishlab chiqarish yakunlangani sharafiga 65 nusxada chiqariladi, deb xabar berdi “Motor”.

So‘nngi model odatdagi yo‘ltanlamasdan bronza rangiga bo‘yalgan 21 dyuymli g‘ildirak disklari, kumushrang tormoz supportlari va yon tomonidagi stikerlari bilan farq qiladi. Old bamperda, radiator panjarasida, orqani ko‘rish oynalari va zaxira g‘ildiragi qoplamasida ham bronza rangi elementlari mavjud.

AMG G 65 Final Edition salonining o‘rindiqlari qora charm bilan qoplangan bo‘lib, unda yorqin-jigarrang tikuv izlarini ko‘rish mumkin. Shuningdek, yo‘ltanlamas saloniga isitish va ventilyatsiya tizimiga ega ko‘p konturli o‘rindiq va sport ruli o‘rnatilgan.

Maxsus versiya ham olti silindrli V12 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, u 630 ot kuchiga ega. Avtomobil yetti pog‘onali uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. 100 kilometr tezlikka 5,3 soniyada chiqadi. Maksimal tezligi esa soatiga 230 kilometrni tashkil etadi.

Joriy yilning oxiriga qadar G-Class’ning yangi avlodi chiqishi kutilmoqda. Yo‘ltanlamas konstruksiyasida alyuminiydan foydalaniladi, bu esa uning og‘irligini taxminan 200 kilogrammga kamaytiradi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют