» » Rossiya Davlat dumasiga O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi

Rossiya Davlat dumasiga O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi


Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Davlat dumasiga O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada maqsadli ish bilan ta’minlashga qaratilgan Moskva va Toshkent o‘rtasidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining matbuot xizmati xabar berdi.

“Bitim 2017-yilning 5-aprelida Moskvada imzolangan. Bitim O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada maqsadli ish bilan ta’minlashga va ularni keyinchlaik immigratsiyaga qadar ishga joylashishlari uchun tayyorlashga qaratilgan”, — deyiladi hujjatning izohli bayonotida.

Ushbu kelishuv mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga, xorijlik ishchilarning noqonuniy ravishda ishga yollanishi holatlari oldini olishga yordam beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют