» » Qozog‘istonda biznesmen o‘zini gaz quyish shoxobchasida portlatib yuborishga urindi

Qozog‘istonda biznesmen o‘zini gaz quyish shoxobchasida portlatib yuborishga urindi


Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida biznesmen gaz quyish shoxobchasida o‘zini portlatib yuborishga urindi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.

39 yoshli biznesmen “Toyota” mashinasini KNPS gaz quyish shoxobchasi sisternasiga yo‘naltirgani bildirilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Aqto‘beda taniqli bo‘lgan tadbirkor portlash keltirib chiqarish va o‘zini o‘ldirish uchun atayin sisternaga borib urilgan.

Biroq gaz portlamagan. Shunda u yonidagi pichoqni qorniga sanchib, yana joniga qasd qilishga uringan. Guvohlar tez tibbiy yordamni chaqirgan va tadbirkor ko‘plab jarohatlar bilan jarrohlik bo‘limiga yetkazilgan.

U omon qolgan. Biznesmen joniga qasd qilishiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют