» » Yevroittifoq Turkiyaning tuzilmaga kirishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi

Yevroittifoq Turkiyaning tuzilmaga kirishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi


Bryusselda sammiti o‘z ishini boshlagan Yevroittifoq davlatlari Turkiyaga uning 2020-yilgacha tuzilmaga kirishini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilishi mo‘ljallangan 4,45 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ berilishini to‘xtatishni ma’qulladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Germaniya kansleri Angela Merkel shunday taklif bilan chiqdi.

“Biz Yevrokomissiyaga tuzatishlar qabul qilish va tuzilmaga kirish uchun yo‘naltirilgan yordamni qisqartirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha murojaat qildik”, — ma’lum qildi Merkel sammitning birinchi kuni yakunlariga izoh berar ekan.

Bu taklif Merkelning Turkiyada inson huquqlari buzilayotgani haqidagi ayblovlariga asoslangani, bu esa Yevroittifoqqa a’zolik talablariga to‘g‘ri kelmasligi bildirilmoqda.

Shu bilan birga, kuzatuvchilar rasmiy yakuniy hujjatda bu masala yuzasidan sammit qarori yo‘qligi, unda faqat “Yevroittifoq Turkiya bilan munosabatlarni muhokama etgani” eslatilganini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют