» » Tim Kuk yangi Mac Mini ishlab chiqarish rejalarini elektron pochta orqali Apple ishqibozi bilan o‘rtoqlashdi

Tim Kuk yangi Mac Mini ishlab chiqarish rejalarini elektron pochta orqali Apple ishqibozi bilan o‘rtoqlashdi


Tim Kuk Apple ishqibozining “yaqin vaqt ichida Mac Mini yangilanadimi?”, deya jo‘natgan xatiga javob qaytardi. Mac Mini’ning yangi versiyasi 2014-yildan buyon chiqmagan.

Kompaniya bosh direktorining ma’lum qilishicha, u hozircha bu borada batafsil axborotni ma’lum qila olmaydi, biroq model unutilmagan. Bu haqda, MacRumors saytiga tayanib, TJournal xabar berdi.

Mac Mini’ni yaxshi ko‘rishingizdan xursandman. Biz ham uni yaxshi ko‘ramiz. Mijozlarimiz Mac Mini’ni ishlatishning juda ko‘p ijodiy va qiziqarli usullarini topgan. Hozir batafsil ma’lumotlarni aytadigan vaqt emas, biroq biz yaqin kelajakda ushbu modelni mahsulotlarimizning muhim qismiga aylantirishni rejalashtiryapmiz.

Tim Kuk, Apple bosh direktori

MacRumors’ning ta’kidlashicha, Kuk Apple’ning marketing bo‘yicha direktori Fil Shiller aytgan so‘zlarni qaytargan. O‘shanda Shiller ham ushbu model “muhim mahsulotlaridan biri” ekanligini qayd etgandi.

Shuningdek, Shiller ushbu qurilmani har yili kompyuter almashtiravermaydigan professionallar o‘z ishida qo‘llagani uchun yangilanmaganini so‘zlagan.

Mac Mini — Apple’ning mini kompyuteri. Uning asosiy afzalliklari ixchamligi, ishlash tezligi va arzon ekanligida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют