» » Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘ygan Kseniya Sobchak saylovda siyosiy dastursiz qatnashadi

Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘ygan Kseniya Sobchak saylovda siyosiy dastursiz qatnashadi


Rossiya prezidentlik saylovida ishtirok etish rejasi haqida ma’lum qilgan taniqli teleboshlovchi Kseniya Sobchakning siyosiy dasturi mavjud emas. Avvalroq Sobchak o‘zini “barchaga qarshi” nomzod deya atagandi, deb yozadi  “RBK”.

Sobchak Britaniyaning The Guardian nashriga bergan intervyusida saylovda g‘alaba qozonish imkoniyatlari yuqori emasligi, siyosiy dasturi va partiyasi yo‘qligini tan olgan. Ayni vaqtda, uning ta’kidlashicha, prezident Vladimir Putinning siyosatidan norozilarning bari uchun u yorug‘lik vazifasini o‘taydi.

“Menda siyosiy kuch yo‘q va men qandaydir siyosiy dasturni ishga tushirishga haqli emasman”, — dedi Sobchak.

Sobchakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada shu vaqtgacha o‘tkazilgan saylovlar haqqoniy bo‘lmagan, ammo saylovlarni boykot qilish o‘rniga, uning fikricha, norozilik bildirish uchun imkoniyatlardan foydalanish muhim.

U Putin bilan yaqinda bo‘lgan uchrashuvini yana bir bor esladi. “O‘ylashimcha, men unga qarshi harakat qilish niyatida ekanligimni yuziga aytishim to‘g‘ri bo‘lardi”, — deya qo‘shimcha qildi Sobchak.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-10-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют