» » Avstraliyada mamlakatning so‘nggi avtozavodi — General Motors Holden yopiladi

Avstraliyada mamlakatning so‘nggi avtozavodi — General Motors Holden yopiladi


Avstraliyaning General Motors Holden konserni 20-oktabr kuni Adelaidadagi zavodini yopadi. Shu bilan Avstraliya avtosanoatining 90 yillik tarixi o‘z yakuniga yetadi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Zavod konveyeridan chiqadigan so‘nggi avtomobil qizil rangli Holden VF Commodore sedani bo‘lishi aytilmoqda. Zavodda 900 kishi ishlardi. Avstraliya avtozavodlariga butlovchi qismlar va jihozlar yetkazib beruvchi shirkatlarning ham yopilish xavfi mavjud.

Bunga qadar Ford, Toyota, Nissan, Mitsubishi, Chrysler va Leyland kabi kompaniyalari Avstraliyadagi o‘z korxonalarini yopgan edi. Oktabr boshida Toyota Avstraliyadagi zavodini yopgan edi. Oqibatida 2,5 ming kishi ishsiz qoldi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilarning ma’lum qilishicha, Avstraliyadagi zavodlar ishlab chiqarishning qimmatlashgani hamda xorijiy avtokonsernlar tomonidan bo‘lgan raqobat tufayli yopilgan.

Viktoriya shtati sanoat vaziri Ueyd Nunanning qayd etishicha, Avstraliya mashinalariga bo‘lgan talab tushib ketgan, mamlakat avtomobil sanoati davlat grantlari hisobiga “yashab” kelayotgan.

2015-yilda esa hukumat avtozavodlar uchun yordam puli ajratishni to‘xtatgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют