» » Bellingcat ekspertlari MH17 reysi Rossiya tomonidan urib tushirilganini tasdiqlovchi yangi dalil topdi

Bellingcat ekspertlari MH17 reysi Rossiya tomonidan urib tushirilganini tasdiqlovchi yangi dalil topdi


“Buk” zenit-raketa tizimining e’lon qilingan yangi suratlari MH17 reysining Boeing samolyoti Rossiya tomonidan urib tushirilganini yana bir bor tasdiqlaydi. “Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, bu xulosa Bellingcat ekspertlar guruhi tomonidan ilgari surilgan.

“MH17 reysi Rossiyaning ‘Buk-332’ tizimi yordamida urib tushirilganiga shu kunga qadar ham deyarli shubha yo‘q edi. Bugun, Ukraina sharqida Rossiya Qurolli Kuchlariga tegishli zenit-raketa tizimlari borligini tasdiqlovchi to‘qqizinchi dalildan so‘ng, hech qanday shubha qolmadi”, — deb yozadi ekspertlar.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, surat 2014-yilning 17-iyulida — MH17 reysi urib tushirilgun kunda Makeyevkada olingan. Surishtiruv mualliflari MH17 reysi aynan shu “Buk” yordamida urib tushirilgan, deb hisoblamoqda.

Bellingcat ekspertlar guruhining qayd etishicha, suratdagi “Buk”ning alohida belgilari fojiadan bir oy avval Rossiyada suratga olingan “Buk-332”ning o‘ng tomonidagi belgilarga to‘la mos keladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-10-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют