» » Yaponiya hukumati imperator taxtdan voz kechishining muddatlari haqidagi ma’lumotlarni inkor qildi

Yaponiya hukumati imperator taxtdan voz kechishining muddatlari haqidagi ma’lumotlarni inkor qildi


Yaponiya vazirlar mahkamasi imperator Akixito 2019-yil martida taxtni vorisiga topshirishi haqidagi ma’lumotni inkor qildi. Bu haqda, South China Morning Post gazetasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

“Bunday xabarlarni eshitdik, bu haqiqatga mos kelmaydi. Biz muhokamalarni davom ettiramiz va imperatorning taxtdan voz kechishi yaxshi o‘tishi uchun hamma ishni qilamiz”, — dedi vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga.

Oldinroq “Asaxi simbun” gazetasi hukumatdagi manbalariga tayanib Akixitoning o‘rniga taxt tepasiga voris kelishining ikki xil muddati ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi.

Birinchi reja taxtdan kechish 2019-yil martida, ikkinchisi esa 2018-yil dekabrida o‘tishini nazarda tutadi. Imperator saroyi valiahd shahzoda Naruxito 1-yanvarda taxtga chiqishidan bosh tortdi, negaki kuz va qish oylarida imperator oilasi an’anaviy tarzda ko‘plab tadbirlarda ishtirok etadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют