» » Livan parlamenti 12 yildan buyon birinchi marta davlat budjetini tasdiqladi

Livan parlamenti 12 yildan buyon birinchi marta davlat budjetini tasdiqladi


Livan parlamenti 2005-yildan buyon birinchi marta davlat budjetini qabul qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotiga qaraganda, budjet loyihasi muhokamasi uch kun vaqt olgan. Yakuniy majlisda 61 deputat hujjatni qo‘llab-quvvatladi, to‘rt parlamentariy qarshi ovoz berdi, sakkiz kishi ovoz berishdan tiyildi.

Bundan tashqari, Livan parlamentariylari soliqlarni vaqtida to‘lamaslik jarimasini 90 foizga qisqartirdi.

O‘tgan yil oktabrida Livan prezidentini saylashga bo‘lgan ikki yillik muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng parlament davlat rahbarini o‘z aniqladi. Bu mansabga Livan siyosati faxriysi, xristian jamoasi yetakchilaridan biri Mishel Aun keltirildi. Mishel Aun prezident sifatida tasdiqlanishi mamlakatning uch yetakchi jamoati — sunniylar, shialar va xristianlar o‘rtasidagi kelishuv natijasi bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют