» » Germaniyada Maydanek konslageri nazoratichisiga nisbatan ayblov ilgari surildi

Germaniyada Maydanek konslageri nazoratichisiga nisbatan ayblov ilgari surildi


Frankfurt-Mayn prokuraturasi Polshada joylashgan Maydanek konsentratsion lagerining 96 yoshli sobiq nazoratchisiga nisbatana ayblov ilgari surdi. Bu haqda, Deutsche Welle radiosiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Keksa inson yahudiy mahbuslarini o‘ldirishga ko‘mak berishda va qotilliklarda ishtirok etishda ayblanmoqda.

Maydanekda ayblanuvchi 1943-yil avgustidan 1944-yil yanvariga qadar xizmat qilgan. O‘shanda u 22 yoshli yigit bo‘lgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, sobiq qo‘riqchi lagerda ommaviy qotilliklar ro‘y berayotganini bilgan.

Bundan tashqari, tergovchilar ayblanuvchi 1943-yil 3-noyabridagi “Hosil bayrami”da ishtirok etgan — o‘shanda o‘n minglab yahudiylar o‘zlari uchun qazigan qabrlar oldida otib tashlangan edi.

Prokuratura ayblanuvchi Maydanekda nimalar bo‘layotganini to‘liq tushunganini, qotilliklarda ishtirok etganini da’vo qilmoqda, shu bois uning xatti-harakatlari og‘ir jinoyatlar sifatida baholanmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют