» » ShHT adliya vazirlari Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi, Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishadi

ShHT adliya vazirlari Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi, Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishadi


Toshkentda 20-oktabr kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim mavzu jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqishning zamonaviy usullarini joriy etishdir. Shu munosabat bilan majlis qatnashchilari va mehmonlariga O‘zbekistonda joriy etilgan xalq bilan muloqotning samarali tizimi haqida ma’lumot berildi.

Mavzuga doir: Toshkentda ShHT adliya vazirlarining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Vazirlar Qo‘shma bayonot imzoladi

Prezident Virtual qabulxonasi va O‘zbekistoning barcha hududlarida tashkil etilgan Xalq qabulxonalari faoliyati, mazkur jarayonni ko‘rib chiquvchi va nazorat qiluvchi amaliy mexanizmlar, Prezident devonining maxsus xizmati rahbarligidagi institutsional baza majlis ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

“Shu bois Xalq qabulxonalaridan birining faoliyati bilan tanishishga qaror qilindi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

ShHTga a’zo Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston adliya vazirlari, Xitoy adliya vaziri o‘rinbosari hamda tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega Afg‘oniston, Belarus va Eron adliya vazirlari shu kuni Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyati bilan tanishdi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston adliya vaziri Ruslan Davletov Hindiston, Pokiston va Eron adliya vazirlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Delegatsiyalar a’zolari 21-oktabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi, notarial idora va nikoh uyi faoliyati bilan tanishadi, shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-10-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют