» » Amazon rahbari Texasda yangi shamol fermasini ochib berdi (video)

Amazon rahbari Texasda yangi shamol fermasini ochib berdi (video)


Amazon rahbari Jeff Bezos AQShning Texas shtatida elektr toki ishlab chiqaruvchi yangi shamol parraklari fermasini ochib berdi. Uning ochilishi aks etgan videoga TJournal e’tibor qaratdi.

Kompaniya rahbari ochilishni antiqa tarzda uyushtirdi. U shamol parraklaridan birining ustiga chiqib, u yerda shisha idishni parrakka urib sindirgan. Videoda ko‘rinadiki, Bezos aylanuvchi parraklarning birikish joyida turibdi va parrak yerdan 300 fut (91,44 metr) balandlikda joylashgan.

Yangi ochilgan Amazon Wind Farm Texas’da 100 dan ortiq shamol parragi joylashgan bo‘lib, ABC News’ning yozishicha, ferma yiliga bir million megavatt/soat energiya ishlab chiqaradi. Bu Amazon’ning 100 foizlik qayta tiklanadigan energiyaga erishish yo‘lida ochilgan eng katta shamol fermasi hisoblanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют