» » Afg‘onistondagi ikkita masjidda portlash ro‘y berdi, 72 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi ikkita masjidda portlash ro‘y berdi, 72 kishi halok bo‘ldi


Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi, shuningdek, mamlakat markaziy qismida joylashgan G‘uvr viloyatidagi shialar masjidida sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida kamida 72 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Kobul shahrining g‘arbiy qismidagi Imom Zamon masjidida hujum juma namozi vaqtida sodir etilgan. So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 39 kishi halok bo‘lgan.

G‘uvr viloyatidagi portlash qurbonlari soni esa 33 kishini tashkil etmoqda.

Kobulda sodir etilgan hujum yuzasidan mas’uliyatni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют