» » Kobuldagi diplomatik dahada portlash sodir bo‘ldi

Kobuldagi diplomatik dahada portlash sodir bo‘ldi


Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrining Vazir Akbarxon dahasida kun davomidagi ikkinchi portlash ro‘y berdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib “Kommersant” xabar bermoqda.

Noxush hodisa davlat organlari va elchixonalar joylashgan hududda sodir bo‘lgan. Hozircha jabrlanganlar yoki jarohat olganlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Agentlikning ta’kidlashicha, ikkita raketa portlagan. Raketa hujumi haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 6:00 da, NATO shafeligidagi Xalqaro xavfsizlikka ko‘maklashish kuchlari (ISAF) shtab-kvartirasi joylashgan hududdan kelgan.

Avvalroq, Kobul va G‘uvr viloyatlaridagi shialar masjidida portlash ro‘y bergani haqida xabar berilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют