» » Surxondaryoning Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi endi Denovga rahbarlik qiladi

Surxondaryoning Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi endi Denovga rahbarlik qiladi


Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Unda viloyat hokimining 19-oktabrdagi qarorlari Kengash deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Xususan, shu vaqtgacha Muzrabotga hokimlik qilib kelgan Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga hokim etib tayinlangani munosabati bilan, o‘z lavozimidan ozod etilgan. Ayni vaqtda, uning o‘rniga Jovli Xolmurodov tayinlangan.

Xabar berishlaricha, sessiyada Jovli Xolmurodov so‘zga chiqib, muzrabotliklar bilan bir tan-u bir jon bo‘lib, hududni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini ta’minlash borasida bor kuch va g‘ayratini safarbar etishini, xalqni rozi qilib yashash mas’uliyatli burch ekanini doimo dildan his qilib yashashini ta’kidlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют