» » Jahongir Siddiqov O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Jahongir Siddiqov O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi


19-oktabr kuni O‘zbekiston xalq ta’limi vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi. Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtgacha Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Jahongir Siddiqov xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

Jahongir Siddiqov 1978-yil Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1999-yil Toshkent Moliya institutini bakalavriatiturasini, 2001-yil shu institut magistraturasini, 2007-yilda Fransiya Milliy g‘aznachilik maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001-yili Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi byudjet siyosati va jamlangan byudjetni rejalashtirish bo‘limida 1-toifali iqtisodchi sifatida boshlab, keyingi 16 yil davomida faqat shu yerda ishlagan va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari darajasigacha ko‘tarilgan.

17-oktabr kuni Dilshod Kenjayev xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga qaytarilgani ma’lum bo‘lgan edi. 19-oktabr kuni esa 2017-yil iyun oyidan beri vazirlik rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan Sobitxon Turg‘unov O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Dilshod Kenjayev va Jahongir Siddiqovdan tashqari O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning yana bir o‘rinbosari bor — 2017-yil 3-iyul kuni 23 yoshli Alisher Sa’dullayev vazir o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U O‘zbekiston hukumati tarkibidagi eng yosh amaldorlardan biridir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют