» » Bill Geyts Amerika maktablariga 1,7 milliard sarmoya kiritadi

Bill Geyts Amerika maktablariga 1,7 milliard sarmoya kiritadi


Microsoft asoschisi Bill Geyts Amerika maktablariga 1,7 milliard dollar sarmoya kiritish niyatida. Bu haqda Washington Post nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, pul ta’lim olishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishga qiziqqan maktablarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

“Har bir talaba bozorda muvaffaqiyat qozonish uchun mukammal davlat ta’limi va oliy ma’lumot olishlari kerak”, — deydi Geyts Klivlenddagi maktab vakillari bilan bo‘lib o‘tgan konferensiyada so‘zlagan nutqida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu yerda xayriyaning asosiy maqsadi bosh homiy bo‘lish emas, balki odamlarning foydasi va rivojlanishi uchun rostdan ham xizmat qiladigan g‘oyalarni sinab ko‘rish imkoniyatini moliyalashtirish”.

Shu kunga qadar Geytsning The Bill & Melinda Gates Foundation xayriya jamg‘armasi AQShda da’vlat ta’limiga 3,4 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.

1999-yilda Geyts Microsoft’ning 16 milliard dollarlik, bir yildan so‘ng 5,1 milliard dollarlik aksiyasini xayriya qilib yuborgan. 1994-yildan beri er-xotin Geytslar 35 milliard dollar xayriyani amalga oshirgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют