» » Joze Mourinyo va Xosep Gvardiola jamoalari bugun bir vaqtda maydonga chiqadi

Joze Mourinyo va Xosep Gvardiola jamoalari bugun bir vaqtda maydonga chiqadi


Kecha — 20-oktabr kuni APLda 9-tur bellashuvlari start oldi. Uning birinchi o‘yinida Slaven Bilichning “Vest Hem”i debyutant jamoadan o‘z maydonida yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

Bugun esa 7 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi. APL uchrashuvlarini O‘zbekistonga translyatsiya qiluvchi ikki kanal o‘z e’tiborini Manchester shahri klublariga qaratadi. 19:00 dan boshlab “Yunayted” muxlislari Futbol-TV’ga, Gvardiolaning “Siti”siga befarq bo‘lmaganlar esa UzReport telekanaliga ulanishi mumkin.

APLning mazkur turdagi ikki markaziy o‘yini ertaga — yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ularning har ikkisi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Angliya Premyer-Ligasi
9-tur bellashuvlari
20-oktabr, juma

Gollar: Glenn Myurrey, 10 (0:1). Xose Iskyerdo, 45+2 (0:2). Glenn Myurrey, 75-pen (0:3).

21-oktabr, shanba
“Chelsi” — “Uotford” — 16:30
“Xaddersfild” — “Manchester Yunayted” — 19:00 Futbol-TV
“Suonsi” — “Lester” — 19:00
“Stok Siti” — “Bornmut” — 19:00
“Nyukasl” — “Kristal Pelas” — 19:00
“Manchester Siti” — “Byornli” — 19:00 UzReport
“Sautgempton” — “Vest Bromvich” — 19:30

22-oktabr, yakshanba
“Everton” — “Arsenal” — 17:30
“Tottenhem” — “Liverpul” — 20:00

Bu qiziq:

Manchester shahrining ikki klubi — “Yunayted” va “Siti” hozirgacha jami 50 ta gol urdi. Bu Londonning 5 ta klubi — “Chelsi”, “Arsenal”, “Tottenhem”, “Vest Hem” va “Kristal Pelas” urgan gollarning umumiy soni bilan teng.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-10-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют