» » AQSh Bag‘dod va kurdlarni keskinlikni yumshatishga chaqirdi

AQSh Bag‘dod va kurdlarni keskinlikni yumshatishga chaqirdi


AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert Twitter’dagi sahifasida  diplomatik muassasaning Bag‘dod va kurdlarni “keskinlikni yumshatish”ga chaqirilgan press-relizini joylashtirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Barcha tomonlarni zo‘ravonlik va fitnalarni to‘xtatish, shuningdek, osoyishtalik o‘rnatilishi uchun harakatlarini muvofiqlashtirishga chaqiramiz”, — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Shuningdek, AQSh tushunmovchilik va to‘qnashuvlarning oldini olish uchun Iroq hukumatini bahsli hududlarda federal kuchlar harakatlanishini cheklashga chaqirdi.

“Biz bosh vazir Obodiy tomonidan federal kuchlarga Iroq Kurdistoni fuqarolarini himoya qilish va mojarolardan qochishga ko‘rsatma berilganini olqishlaymiz”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kirkuk yaqinida Iroq qo‘shinlari va kurdlarning “Peshmerga” otryadlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergani bildirilgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют