» » Myunxenda noma’lum erkak yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qildi

Myunxenda noma’lum erkak yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qildi


Myunxenda noma’lum shaxs pichoq orqali bir necha kishiga jarohat yetkazdi. Bu haqda Bavariya politsiyasi o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Xabarda ta’kidlanishicha, noxush hodisa Rozenxaymer maydonida sodir bo‘lgan. Politsiya hujum uyushtirgan shaxsni qidirmoqda. U nima sababdan buni amalga oshirgani hozircha noma’lum.

Nemis huquq-tartibot idoralarining ma’lum qilishlaricha, gumonlanuvchining yoshi 40 lar atrofida. U kulrang shim, yashil kurtka, yelkasida uxlash uchun to‘shak solingan ryukzak bo‘lgan va qora velosipedda harakatlangan.

Shuningdek, politsiya aholiga hujum sodir bo‘lgan joyni chetlab o‘tishni, iloji bo‘lsa uydan chiqmaslikni hamda hodisa yuzasidan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni maslahat bermoqda.

Bild nashrining xabar berishicha, hujum oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan. Noma’lum shaxs o‘z hujumlarini maydoning turli qismlarida amalga oshirgan. Myunxenning voqea sodir bo‘lgan hududi politiya tomonidan nazorat qilinmoqda.

Jarohat olganlarning hayotiga hech nima xavf solmayapti.

Shahar yong‘in xavfsizligi xizmatining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, pichoq bilan qilingan hujum natijasida umumiy miqdorda besh kishi jarohat olgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют