» » Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tehronda yadroviy qurol bo‘lmasligini tasdiqladi

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tehronda yadroviy qurol bo‘lmasligini tasdiqladi


Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Abbos Aragchi Moskvada yadro qurolini tarqatmaslik masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiyada so‘zlagan nutqida, Tehronning Qo‘shma tadbirlar rejasini amalga oshirish borasidagi pozitsiyasini taqdim etdi, deb xabar berdi “Kommersant”.

“Eron har qanday sharoitda ham hech qachon yadroviy qurolni ishlab chiqarmaydi, sotib olmaydi va sotib olishga harakat ham qilmaydi. Bu Eronning Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi doirasida qabul qilgan majburiyati”, — deya uning so‘zlaridan parcha keltiradi “RIA Novosti”.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda belgilangan cheklovlar muddati tugagandan so‘ng, Eron yadroviy bomba ishlab chiqarishga kirishmaydi, balki yadroviy qurollarni tarqatmaslik bitimining normal a’zosiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donlad Trampning Eron masalasi bo‘yicha e’lon qilgan yangi strategiyasi yadroviy bitim a’zolarini ikkiga bo‘linishga majbur qilgandi.

Mavzuga doir: Yevropa Ittifoqi Eron bilan tuzilgan yadroviy bitim shartlarini bajarishda davom etadi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют