» » Gulnora Karimovaning 784 mln dollarlik mol-mulkiga AQSh va Niderlandiya da’vo qilmoqda

Gulnora Karimovaning 784 mln dollarlik mol-mulkiga AQSh va Niderlandiya da’vo qilmoqda


Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan 784 million dollar miqdoridagi mablag‘larining katta qismini AQSh va Niderlandiya qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda, Shveysariyaning Le Temps gazetasiga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh 550 million dollar berilishini talab qilmoqda. Niderlandiya da’vogarlik qilayotgan mablag‘ miqdori ma’lum qilinmagan.

Gazeta manbalarining qayd etishicha, mablag‘larni restitutsiya qilish to‘g‘risidagi qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinishi mumkin. Hozirda bu masala Bernda Shveysariya Adliya vazirligi, Gulnora Karimova ishi bo‘yicha tergov olib borayotgan Shveysariya prokuraturasi, shuningdek, xalqaro ishlar bo‘yicha federal departament tomonidan muhokama qilinmoqda.

Le Temps ma’lumotlariga ko‘ra, muzlatilgan bu aktivlar turli telekommunikatsiya kompaniyalaridan pora tariqasida olingan.

Shveysariya tomoni Gulnora Karimova ishi bo‘yicha 784 million dollar qiymatidagi aktivlarni iyul oyidayoq hibsga olgan edi. Avgust oyida O‘zbekiston tomoni Rossiyadan Moskva shahridagi bir necha xonadon, Rublyovkadagi hashamatli uy va “Kamelot” turar joy majmuasidagi ekspertlar hisob-kitobi bo‘yicha qiymati 4,5 million dollarga teng kvartirani hibs etishni so‘ragan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi iyul oyida Gulnora Karimovaga nisbatan 2013-yilda qo‘zg‘atilgan ikkita jinoyat ish haqida axborot bergan edi.

Mavzuga doir: Bosh prokuratura: Gulnora Karimovaga nisbatan ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют