» » MDHdagi yetakchi oltin qazib oluvchilardan hisoblangan Polymetal O‘zbekistonga qiziqmoqda

MDHdagi yetakchi oltin qazib oluvchilardan hisoblangan Polymetal O‘zbekistonga qiziqmoqda


Oltin va kumush qazib olish bo‘yicha MDHdagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblangan Polymetal O‘zbekistonda ish boshlashi mumkin. Bu haqda “Praym” agentligi xabar bermoqda.

Polymetal rahbari Vitaliy Nesisning ma’lum qilishicha, kompaniya MDH mamlakatlari hududidagi sifatli aktivlarni sotib olish niyatida.

“Yaqin vaqt ichida Gruziyada birinchi geologiya-razvedka loyihasini amalga oshiramiz. Asta-sekin tashqi investitsiyalar uchun ochilishni boshlagan O‘zbekiston ham e’tiborimizda”, — dedi Vitaliy Nesis.

Hozirgi vaqtda Rossiya, Qozog‘iston va Armanistonda Polymetal’ning korxonalari va loyihalari ishlab turibdi. Kompaniya 2016-yilda oltin qazib olishni 3 foizga oshirib, yiliga 27,7 tonnaga yetkazdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют