» » Toshkentda 10 000 va 50 000 so‘mliklarni qalbakilashtirish qayd etilmadi. Biroq qalbaki pul tayyorlash holatlari ko‘paygan

Toshkentda 10 000 va 50 000 so‘mliklarni qalbakilashtirish qayd etilmadi. Biroq qalbaki pul tayyorlash holatlari ko‘paygan


Toshkent shahrida 2017-yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullangan 19 ta guruh aniqlandi va qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Nuz.uz”.

Toshxo‘jayevning afsus bilan qayd etishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda qariyb ikki barobar oshgan. 2016-yilning dastlabki yanvar—sentabr oylarida pul qalbakilashtirish bilan bog‘liq 9 holat aniqlangan edi.

IIBB vakili jinoyatchilar aynan qaysi valyutalarni qalbakilashtirganiga aniqlik kiritmadi. Biroq, uning qayd etishicha, milliy valyuta — so‘mni qalbakilashtirish bilan shug‘ullangan guruhlar asosan mayda kupyuralarni soxtalashtirgan.

“Yaqinda internetda 50 ming so‘mlik qalbaki kupyura surati tarqaldi. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, bu holat Toshkentda qayd etilmagan. Toshkentda 10 ming yo 50 ming so‘mlik kupyuralarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagan”, — dedi IIBB vakili.

Bir muddat Sirdaryoda 50 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют