» » Buxoro shahrida avtobuslar har kuni 150 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi

Buxoro shahrida avtobuslar har kuni 150 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi


Buxoro shahrida bugungi kunda 29 ta avtobus yo‘nalishi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. “Nuz.uz”ning shahar transport departamentiga asoslanib xabar berishicha, shahar avtobus parkida jami 360 ta mashina bo‘lib, ular har kuni 130—150 ming yo‘lovchini manziliga yetkazib qo‘yadi.

Hozirgi vaqtda shaharda 123 ta avtobus bekati bor. Kelasi yil oxirigacha bekatlar sonini 242 tagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan. Eng gavjum joylarda joylashgan bekatlarga konditsionerlar o‘rnatiladi.

Shahar transport tizimida yo‘lovchi tashishni tartibga solishning keyingi bosqichida belgilanmagan joylarda yo‘lovchi olish va tushirish bo‘yicha qat’iy cheklovchi qoidalarni o‘rnatish bo‘ladi. Hozirda bu qoidaga shahar markazidagi ayrim ko‘chalardagina rioya etiladi.

Avvalroq 2017-yil oxirigacha shahardagi 20 ta avtobus bekati konditsionerlar bilan ta’minlanishi haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют