» » Isroil harbiylari Suriya artilleriyalariga zarba berdi

Isroil harbiylari Suriya artilleriyalariga zarba berdi


Isroil mudofaa armiyasi o‘z hududining bombardimon qilinishiga javoban Suriya armiyasining uchta artilleriya pozitsiyasini yakson qildi. Bu haqda Isroil harbiyalari vakiliga asoslanib Jerusalem Post ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, Suriya armiyasi 21-oktabr kuni Gollan tepaliklariga qarata beshta raketa uchirgan. Ulardan to‘rttasi Isroil hududiga kelib tushgan. Isroil armiyasi bunga javoban Suriya pozitsiyalariga qarata o‘t ochgan va uchta artilleriyasini yo‘q qilgan. Ushbu hodisa oqibatida hech kimga jabrlanmagan.

Isroil harbiylari vakilining ta’kidlashicha, Suriya armiyasi Isroil hududiga raketalarni tasodifan uchirib yuborgan bo‘lsa ham, baribir bunga javobgar. “Suriya rejimi o‘z hududida sodir bo‘layotgan barcha narsalar uchun  mas’uldir”.

16-oktab kuni Isroil Harbiy-havo kuchlari Suriya hukumatining quruqlikdagi qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa qilish bo‘linmasini yakson qilgandi. Bunga Suriya armiyasi Isroil razvedka samolyotlariga qarata o‘t ochgani sabab bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют