» » JSST Zimbabve prezidentini tinchlik elchisi etib tayinladi. Huquq himoyachilari esa bunga qarshi

JSST Zimbabve prezidentini tinchlik elchisi etib tayinladi. Huquq himoyachilari esa bunga qarshi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Zimbabve prezidenti Robert Mugabeni tinchlik elchisi etib tayinladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, Mugabening tayinlanishi “mintaqadagi hamkasblariga ta’sir o‘tkazishiga yordam beradi”.

Zimbabve prezidentining asosiy vazifalaridan biri sifatida yuqumli bo‘lmagan xastaliklar — saraton, yurak, nafas yo‘llari va boshqa kasalliklarga qarshi kurash belgilangan.

JSSTning bu qarori sog‘liqni saqlash va inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi bir necha guruh tomonidan tanqid ostiga olindi.

“Mugabega xos korrupsiya, iqtisodiy uquvsizlik Zimbabve sog‘liqni saqlash tizimini barbod qildi. Mugabening o‘zi esa chet elda davolanadi”, — deya ta’kidladi Human Rights Watch ijrochi direktori Kennet Rot.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют