» » La Liga. “Real”ga bo‘yin egmagan “Valensiya” “Sevilya”ga 4 ta gol urdi. “Barselona” ishonchli g‘alabaga erishdi

La Liga. “Real”ga bo‘yin egmagan “Valensiya” “Sevilya”ga 4 ta gol urdi. “Barselona” ishonchli g‘alabaga erishdi


Ispaniya La Ligasining 9-turida peshqadam “Barselona” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Kataloniya klubi chempionatning so‘nggi o‘yinida Madridga tashrif buyurib, “Atletiko” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.

Ernesto Valverde jamoasi o‘z maydonida so‘nggi o‘rindagi “Malaga”ni qabul qildi va 2:0 hisobida zafar quchdi. Messi va Suaresning gollarisiz o‘tgan uchrashuvda Deulofeu hamda Inyesta tomonidan urilgan gollar “Kamp Nou” egalariga g‘alaba tortiq qildi.

Marselino boshchilik qilayotgan “Valensiya” esa kunning markaziy o‘yinida “Sevilya”ga imkoniyat qoldirmadi — 4:0. Valensiyalik futbolchilar bungacha mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgan La Liganing 3 ta klubidan biri bo‘lib turgandi. “Sevilya” esa o‘zining so‘nggi o‘yinida “Spartak”dan 1:5 hisobida yengilgandi.

Ispaniya La Ligasi
9-tur bellashuvlari
21-oktabr, shanba

Gollar: Faykal Fajr, 59 (0:1). Xose Luis Morales, 62 (1:1).

Gollar: Antonio Sanabriya, 13 (1:0). Aleksis, 75-avt (2:0).

Gollar: Gonsalu Gedesh, 43 (1:0). Simone Dzaza, 51 (2:0). Santi Mina, 85 (3:0). Gonsalu Gedesh, 92+ (4:0).

Gollar: Jerar Deulofeu, 2 (1:0). Andres Inyesta, 56 (2:0).

22-oktabr, yakshanba
“Vilyarreal” — “Las-Palmas” — 15:00
“Selta” — “Atletiko” — 19:15
“Leganes” — “Atletik” — 21:30
“Real Madrid” — “Eybar” — 23:45

23-oktabr, dushanba
“Real Sosyedad” — “Espanyol” — 23:00
“Deportivo” — “Jirona” — 23:59

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют