» » “Bavariya” raqibi “Borussiya”ga yetib olishi uchun Yupp Xaynkes tashrifidan keyin 2 tagina tur kerak bo‘ldi

“Bavariya” raqibi “Borussiya”ga yetib olishi uchun Yupp Xaynkes tashrifidan keyin 2 tagina tur kerak bo‘ldi


Germaniya Bundesligasining 9-turiga kelib “Bavariya” va “Borussiya Dortmund” klublari jamg‘argan ochkolar tenglashdi. Bunda dortmundlik futbolchilar 3 ta ko‘proq gol urgani uchun ham turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Ikki tur avval “Bavariya” bosh murabbiy Karlo Anchelottini iste’foga chiqarib, uning o‘rniga klub bilan eng yuksak natijalardan birini qo‘lga kiritgan Yupp Xaynkesni qaytargandi. Oradan 2 ta tur o‘tib, “Bavariya” futbolchilari peshqadam bilan tenglashib oldi.

Xaynkes boshqaruvida Myunxen klubi jami 3 ta o‘yin o‘tkazdi va har uchalasida ham darvozasini quruq saqlab qolib, umumiy hisobda 9 ta gol urishga erishdi.

Mavsumni juda yaxshi boshlagan “Borussiya” esa omadsizliklar girdobiga kirib qolgan. Chempionlar Ligasida Kipr jamoasini yenga olmagan, so‘nggi turda vitse-chempion “Leyptsig”dan mag‘lub bo‘lgan Peter Bosh jamoasi, bu safar Frankfurtdan ochko yo‘qotib qaytdi. 2 ta gol farqi bilan oldinda borayotgan Dortmund klubi, yakunda 2 ta gol o‘tkazib yubordi.

Germaniya Bundesligasi
9-tur bellashuvlari
20-oktabr, juma

Gollar: Leon Goretska, 13 (1:0). Gvido Burgshtaller, 74 (2:0).

21-oktabr, shanba

Gollar: Nuri Shaxin, 19 (0:1). Maksimilian Filipp, 57 (0:2). Sebastyan Aller, 64-pen (1:2). Mariush Volf, 68 (2:2).

Gol: Marsel Zabittser, 23 (1:0).

Gol: Korenten Tolisso, 52 (0:1).
Chetlatish: Gideon Yung, 38 (G).

22-oktabr, yakshanba
“Volfsburg” — “Xoffenxaym” — 21:00

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют