» » Hamma yaxshi narsalar bolalar uchun: Yakkasaroy hokimiyati o‘z binosini Maktabgacha ta’lim vazirligi uchun bo‘shatib beradi

Hamma yaxshi narsalar bolalar uchun: Yakkasaroy hokimiyati o‘z binosini Maktabgacha ta’lim vazirligi uchun bo‘shatib beradi


Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hokimiyati yangi joyga ko‘chib o‘tib, o‘z binosini yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligiga bo‘shatib beradi, deb xabar bermoqda “Nuz.uz”.

Yangi vazirlik hokimiyatning Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi binosida joylashadi.

Yakkasaroy hokimiyati esa Bobur ko‘chasida joylashgan, avval Respublika baynalmilal madaniyat markaziga tegishli bo‘lgan binoga ko‘chib o‘tadi. Hozirda bu binoda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-sentabrda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilishi haqidagi farmonni imzoladi. Yangi tashkil etilgan vazirlikka Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining sobiq direktori Agrepina Shin rahbar etib tayinlandi. Yangi vazirlikning asosiy vazifasi mamlakatdagi maktabgacha ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют