» » Sardor Rahimxon Samarqandning chekka qishloqlarida mehnat qilayotgan paxtakorlar oldiga hasharga bordi (video)

Sardor Rahimxon Samarqandning chekka qishloqlarida mehnat qilayotgan paxtakorlar oldiga hasharga bordi (video)


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon Samarqand viloyatining chekka qishloqlarida mehnat qilayotgan paxtakorlarga yordamlashish uchun bordi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Hamma Toshkent viloyatida, men bo‘lsa Samarqandning chekka qishloqlariga ketdim. Azizlar, dehqonlarimiz ne mashaqqatlar bilan yetishtirgan bu paxtalarni o‘zimiz terib olmasak kim teradi?”, — deb yozadi xonanda.

Sardor Rahimxon shuningdek, paxtakorlarning yashashi, sifatli ovqatlanishi uchun hamma sharoitlat yaratilganini va ularga mehnat haqi o‘z vaqtida to‘lanayotganini ta’kidladi.

Hamma Toshkent viloyatida Man bo'lsa Samarqand chekka qishloqlariga ketdim????Azizlar Dehqonlarimiz ne mashaqqatlar bilan yetishtirgan bu Paxtalarni o'zimiz terib olmasak kim teradi. Bu ahir o'zimizning boyligimiz, Yurtimiz hosili. Man shahsan o'zim guvohmam hamma sharoitlar yaratilgan, pullar berilmoqda, Osh Ovqat, Turar joy yotoq hammasi joyida. Kim vaqti bulsa, kim o'zini shu Yurtning Fidoiy farzandi deb bilsa Paxtaga marhamat????Bahtimizga shu insonlar omon bulsin?????? #Uzbekistan #Paxta_2017 #Milliy_Boylik #Kuch_Birlikda

A post shared by Sardor Rahimxon (@sardorahimxon) on

Shu chapani, beg'ubor, mehnatkash O'zimning O'zbegimdan quymasin????Mehnati halol, qalbi to'la muhabbat, qo'li ochiq, yuziga nur yog'gan Ozbegim???? #Paxta_2017 #Uzbekistan #Vatanim #Ona_Halqim #Sevaman #Milliy_Boylik

A post shared by Sardor Rahimxon (@sardorahimxon) on

Mavzuga doir: “Hamma — paxtaga”: O‘zbek shou-biznesi terimga chiqdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют