» » Shavkat Mirziyoyev Turkiya din ishlari boshqarmasi rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya din ishlari boshqarmasi rahbari bilan uchrashdi


Turkiya din ishlari boshqarmasi raisi doktor Ali Erbosh 19-oktabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Bu haqda boshqarma saytida xabarnoma e’lon qilindi.

Toshkentga ikki kunlik safari doirasida Ali Erbosh Shavkat Mirziyoyev bilan suhbat chog‘ida ota yurti O‘zbekistonga kelganidan mamnuiyatini bildirdi. Shuningdek, ikki mamlakat orasida munosabatlarning yanada rivojlanishi, jumladan, din ta’limi va diniy xizmatlar masalalari bo‘yicha fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar orasida din xizmatlari, diniy ta’limdan tashqari, turkiyalik talabalarning Buxoro, Samarqand, Termiz, Toshkent kabi shaharlarga tashrif buyurishi, shuningdek, Turkiyaning “Mavlono” pedagogik dasturi doirasida mutaxassis almashish singari masalalar bor edi.

Ikki soat davom etgan suhbatda Ali Erboshga Kavkaz musulmonlari diniy idorasi rahbari Allohshukur Poshshozoda hamrohlik qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют