» » Permda 34 kishining salmonellyozga chalinishiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol javobgarlikka tortildi

Permda 34 kishining salmonellyozga chalinishiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol javobgarlikka tortildi


Rossiyaning Perm shahrida 34 kishining zaharlanishiga sababchi bo‘lgan shaurma sotuvchisi javobgarlikka tortildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol 2015-yil dekabridan 2016-yil iyuniga qadar shaurma sotuvchisi sifatida ishlagan. U tibbiy daftarcha va mehnat huquqini beruvchi hujjatsiz ishlagan.

Kioskada kanalizatsiya bo‘lmagan, shu bois idish-tovoq plastik idishdagi suv bilan yuvilgan, mahsulot yaqin atrofdagi do‘konlardan sotib olingan.

Bu yerdan shaurma yegan 30 kishi shifoxonaga murojaat qilgan, ularning barchasiga salmonellyoz tashxisi qo‘yilgan.

Yana to‘rt kishi uyda davolangan.

Bakteriya kioskaning o‘zida, shuningdek, sotuvchining biologik tahlillarida aniqlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют