» » Yangiyo‘l tumanida maktab qorovuli 100 ming so‘mlik o‘g‘rilik uchun 3 yilga qamalishi mumkin

Yangiyo‘l tumanida maktab qorovuli 100 ming so‘mlik o‘g‘rilik uchun 3 yilga qamalishi mumkin


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman IIBga tumanda joylashgan maktablardan birining qorovuli 1965-yilda tug‘ilgan Zokirali Shokirov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 11-oktabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs, eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirib ushbu maktab direktori xonasidan narxi taxminan 100 ming so‘m bo‘lgan Lime rusumli kompyuter tok kuchaytirgichini o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan Sardor Narziyev sodir etganligi aniqlanib ushlandi. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu moddaga ko‘ra, unga uch yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют