» » O‘zbekiston Erondan neft xomashyosi sotib olishga tayyorligi aytildi

O‘zbekiston Erondan neft xomashyosi sotib olishga tayyorligi aytildi


O‘zbekiston Erondan neft xomashyosi sotib olishga tayyor. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralardan so‘ng Eron neft vaziri Bejan Zangona ma’lum qildi, deb xabar beradi 1News.

“Neft xomashyosini qazib olish hajmi cheklangani sababli O‘zbekiston uni import qilishga ehtiyoj sezmoqda. Shu sababli neft sohasidagi yuqori martabali delegatsiya biz bilan muzokaralar o‘tkazmoqda”, — ta’kidladi Zangona.

Vazirga ko‘ra, O‘zbekistonga neft eksporti chuqur o‘ylab ko‘rilishi lozim. Chunki mamlakatning dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagani sababli eksport quruqlik yoki temir yo‘l orqali amalga oshiriladi.

Vazir Tehron Toshkentga neft yetkazib berish tarafdori ekanligi, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga turtki berishini bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют